» » Afrika Millatlar Kubogi. Nigeriya Kamerundan ustun keldi, Misr esa JARga yutqazib qo‘ydi (video)

Afrika Millatlar Kubogi. Nigeriya Kamerundan ustun keldi, Misr esa JARga yutqazib qo‘ydi (video)


6-iyul, shanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining 1/8 finali doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Nigeriya terma jamoasi Kamerun termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Nigeriya termasi vakillari Odion Igalo (19, 63) hamda Aleks Ivobi (66) qib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, kamerunliklardan Stefan Baoken (41) va Klinton N’Ji o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Nigeriya musobaqaning nimchorak finalida Kamerunni 3:2 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni musobaqaga mezbonlik qilayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi Misr termasi JAR bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 85-daqiqada JAR hujumchisi Tembinkosi Lorch tomonidan kiritildi.

Bahs yakuniga ko‘ra Misr terma jamoasi JARga kichik hisobda yutqazdi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi (0:1).

Afrika Millatlar Kubogi

1/8 final bahslari

6-iyul, shanba

Gollar: 1:0 — 19 Igalo, 1:1 — 41 Baoken, 1:2 — 44 N’Ji, 2:2 — 63 Igalo, 3:2 — 66 Ivobi

Gol: 0:1 — 85 Lorch

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют