» » Surxondaryoda musodara qilingan mashinalarni arzonga olib beraman deb, fuqarolarning pullarini olib qo‘ygan shaxs ushlandi

Surxondaryoda musodara qilingan mashinalarni arzonga olib beraman deb, fuqarolarning pullarini olib qo‘ygan shaxs ushlandi


Surxondaryoda musodara qilingan avtomashinalarni arzon narxda olib berishni va’da qilib, fuqarolarning pullarini olib qo‘ygan shaxs ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yilning 26-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 35 yoshli S.Q. O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi, Gulshan ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 44 yoshli G‘.E. o‘zining tanishlari, Yu.Rajabiy ko‘chasida yashovchi, 60 yoshli Sh.Sh. hamda Oltinsoy tumanida yashovchi 41 yoshli N.M.larga, S.Q.ning O‘zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasida ishlashini, uni tanishini va u orqali musodara qilingan mashinalarni olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, ulardan pul olib yurganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida Sh.Sh. va N.M.lar haqiqatan ham G‘.E., S.Q.ni ularga DXX xodimi sifatida tanishtirib, musodara qilingan avtomashinalarni olib berishini va’da qilib, ulardan jami 240 mln. so‘m pul olganligi aniqlangan. G‘.E.qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют