» » Toshkent viloyatida piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkent viloyatida piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda


Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 6-iyul kuni soat 03:30 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Yonariq” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” A-373 yo‘lining 151-km.da haydab ketayotib piyoda, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan 46 yoshli K.Rahmonqulovni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Natijada K.Rahmonqulov jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют