» » Moody’s: MDHdagi eng past valyuta risklari O‘zbekiston banklarida kuzatilmoqda

Moody’s: MDHdagi eng past valyuta risklari O‘zbekiston banklarida kuzatilmoqda


MDH mamlakatlaridagi banklarning ko‘pchiligi xorijiy valyutada ochiq va qisqa pozitsiyalarini saqlab turgani uchun hamon yuqori valyuta risklari ostida. Eng past valyuta risklari O‘zbekiston banklarida kuzatilmoqda. Bu haqda Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi hisobotida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Moody’s kichik vitse-prezidenti Mariya Malyukova ma’lum qilishicha, agentlik fikriga ko‘ra, valyuta risklariga eng ko‘p Ukraina, Ozarbayjon, Tojikiston va Belarus banklari moyil. Bunday xulosaga ularning milliy valyutasining so‘nggi va ehtimoliy volatilligini nazarda tutib, shuningdek, dollarlashtirishning yuqori darajasi hamda ularning bank tizimlaridagi valyuta aktivlari va passivlari o‘rtasidagi farqlarni hisobga olib, kelingan.

“MDH banklarida 2016-yilda xorijiy valyutadagi depozitlar ulushining pasayishi  (5,9%) xorijiy valyutadagi kreditlarning pasayishi darajasidan (2,9%) oshmagan bo‘lsa ham, banklarda ochiq va qisqa pozitsiya saqlanib qolmoqda, — dedi Mariya Malyukova. — Ushbu risklarni kamaytirish uchun, banklar bundan keyin ham qimmatga tushuvchi xejlashtirishga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin”.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют