» » Bangladeshda “daraxt-odam” deb ataluvchi noyob kasallikka chalingan ikki fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi

Bangladeshda “daraxt-odam” deb ataluvchi noyob kasallikka chalingan ikki fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi


Bangladeshda hozirgacha davosi aniqlanmagan, inson tanasida qo‘pol va dag‘al o‘simtalarni keltirib chiqaradigan kamyob Levandovski—Luts sindromi bilan og‘irdigan ikki nafar fuqaro borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi National Geographic.

Levandoski—Luts sindromi 1922-yilda ochilgan bo‘lib, hozirga qadar to‘liq o‘rganilmagan. Yaqin kunlargacha mazkur kasallik faqatgina erkaklarda uchraydi deb kelinar edi, biroq 2017-yili Bangladeshda 10 yoshli Saxanti Xatun ismli qizchada ham ushbu sindrom aniqlangan.

Bunga qadar mahalliy shifokorlar “daraxt-odam” nomini olgan Abdul Bajandarni davolashgan. Erkak birinchi bor 2016-yilda, 26 yoshida shifokorlarga murojaat qilgan bo‘lib, qo‘llari to‘liq o‘simtalar bilan qoplangani sabab insonlarga xos oddiy hayot tarzini kechira olmagan.

Abdul 25 marta operatsiya qilingan, 5 kilogrammdan ortiq o‘simtasi olib tashlangan va mutaxassislar kuzatuvi ostida bo‘lgan. Biroq u bularga chiday olmay, shifoxonadan qochib ketgan. Ammo oradan yana vaqt o‘tgach o‘simtalar Abdulning oyog‘ida paydo bo‘la boshlagan.

Bajandar yana shifoxonaga murojaat qilib, bu yerdan qochib ketishi hayotidagi eng ahmoqona qaror bo‘lganini tan olgan. Shifokorlarning aytishicha, Abdulni davolash uchun barcha muolajalarni yana boshidan boshlash kerak.

Saxanti Xatunni esa otasi operatsiyadan so‘ng olib ketgan. Uning ta’kidlashicha, operatsiyadan keyin o‘simtalar yanada kattalashgan va u shifokorlarning sa’y-harakatlariga ishonmaydi. Shundan buyon qizcha haqida hech narsa ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют