» » Filippinlik erkak tasodifan tirik baliqni yutib yuborib vafot etdi

Filippinlik erkak tasodifan tirik baliqni yutib yuborib vafot etdi


Filippinlik erkak baliq ovi vaqtida tasodifan tirik baliqni yutib yuborib, bug‘ilib o‘ldi, deb xabar beradi Coconuts Manilla portal.

Rojer Merselino ismli fuqaro Antikedagi uyi yaqinida 11 yoshli o‘g‘li bilan baliq oviga chiqqan. Erkak tasodifan tilapiya balig‘ini yutib yuborib, unga tiqilib qolgan. O‘g‘il otasidan uzoqda bo‘lganligi sabab sodir bo‘lgan voqeani ko‘rmagan.

Rojer suvdan chiqib uyiga yugurib kelgan va nafas ololmayotgani sabab xotinidan yordam so‘ragan. Er-xotin mustaqil ravishda baliqni chiqara olmagan, qutqaruvchilar esa telefondagi nosozlik sabab vaqtida yordamga yetib kelmagan. Shifoxonaga yetib borgunlariga qadar 49 yoshli erkak vafot etgan.

Marselinoning rafiqasini aytishicha, Rojerning ushlagan balig‘ini qochirib qo‘ymaslik uchun uni tishlab oladigan odati bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, baliq shu sabab uning tomog‘iga tiqilib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют