» » Maktablarining 80 nafar ishchi-xodimi beton quyishga jalb etilgan Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi

Maktablarining 80 nafar ishchi-xodimi beton quyishga jalb etilgan Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi


Namangan viloyatining Kosonsoy tuman markazida tashkil etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida xalq ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati o‘rganib chiqildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmatining o‘rganishi natijasiga ko‘ra, 2019 yil 28-iyun kuni “Obod markaz” davlat dasturi asosida har bir ta’lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyish hamda obodonlashtirish ishlarini bajarish yuzasidan topshiriq berilgan.

Topshiriqqa asosan 29-iyun kuni tuman xalq ta’limi tizimining 80 nafar texnik ishchi-xodimlari yangi barpo etilayotgan “Yashil xiyobon” hududida “shanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etildi. M.Alloxonova Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi.

Kosonsoy tumanidagi umumta’lim maktablarining 80 nafar ishchi-xodimi majburiy mehnatga jalb etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida Bosh prokuror nomiga joriy yilning 4- iyul kuni xat yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют