» » Atambayev beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan siyosatchilarning gijgijlashlariga uchmaslikka chaqirdi

Atambayev beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan siyosatchilarning gijgijlashlariga uchmaslikka chaqirdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika aholisini xotirjamlikni saqlashga hamda qator siyosatchilarning gaplari va xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda uning inqilobning 12 yilligi munosabati bilan tarqatilgan xalqqa murojaatida aytiladi.

“Bugungi kunda o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida jamoatchilik orasiga nifoq solishga va mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan siyosatchilarning gijgijlashlariga berilmaslik muhimdir”, — deya ta’kidladi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2005-yildagi inqilob Qirg‘iziston xalqi “boshdan-oyoq chirib ketgan hukumatni qabul qilmaslik fikrida birdam bo‘lgani uchun” amalga oshgan. “Ammo martdagi xalq inqilobi bergan asosiy tarixiy saboq shu bo‘ldiki, xalq haqiqiy inqilob faqat xalqqa qarshi rejimni ag‘darish emasligini, balki uning zabt etilishini himoya qilish va qo‘poruvchilik kuchlarining mamlakatga avtoritarizm va qonunsizlik holatini qaytarishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini angladi”, — deya fikr bildirdi davlat rahbari.

Atambayev respublika fuqarolari va siyosatchilari “o‘sha voqealarni doim esda tutishi” va “ulardan saboq olishi” kerakligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют