» » Rossiya Nyu-Yorkdagi yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha muzokaralarga boykot e’lon qildi

Rossiya Nyu-Yorkdagi yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha muzokaralarga boykot e’lon qildi


Rossiya Nyu-Yorkda 27-mart kuni bo‘lib o‘tadigan yadro qurolini taqiqlash haqidagi muzokaralarda qatnashmaydi, chunki hozir ularni o‘tkazish mavridi emas deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya TIVning qurol-yarog‘ tarqalmasligi va nazorati departamenti direktori Mixail Ulyanovga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ulyanov ta’kidlashicha, Rossiya yadrosiz dunyo qurishga intilsa-da, Moskva “bu maqsadga erishishga ongli ravishda, bosqichma-bosqich va mavjud holatlarning barchasini hisobga olgan holda” borish kerak degan fikrda. “Ayni paytda bu narsa yo‘q”, — deya qayd etdi u.

Ulyanovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan vazifa dolzarb emas va “yaqqol xayolparastlik xususiyatiga ega”, chunki ayni vaqtda yadro quroli global barqarorlik tizimining tayanchlaridan biri hisoblanadi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют