» » Namangan shahrining ba’zi ko‘chalarida kunduzi Damas avtomobillarining harakatlanishi taqiqlandi

Namangan shahrining ba’zi ko‘chalarida kunduzi Damas avtomobillarining harakatlanishi taqiqlandi


Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ishini muvofiqlashtirish maqsadida farmoyish qabul qildi, deb yozadi “Namnews.uz”.

Ushbu farmoyish bilan Namangan shahar hokimligi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bo‘limining Namangan shahridagi “Chorsu”, “Sardoba” bozorlari, Temir yo‘l vokzali hududlarida, A. Navoiy, B. Mashrab, A. Temur ko‘chalarida transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta’mirlash ishlarini yakunlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar joriy yilning 25-martidan boshlab har kuni soat 7:00 dan 20:00 ga qadar Temir yo‘l vokzalidan A. Navoiy ko‘chasi orqali Chorsu bozorigacha hamda Temir yo‘l vokzalidan A. Temur va B. Mashrab ko‘chalari orqali Chorsu bozorigacha maxsus transport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari Damas rusumli transport vositalarining harakatlanishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

Tuzilgan ishchi guruhi (T. Dadaboyev), Namangan shahar hokimligi (B. Bekxo‘jayev), O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bo‘limi (A. Abdulhodiyev), viloyat IIB YHXB (I. Qobulov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A. Hakimov), Namangan shahar IIB (M. Dadajonov) larga shahar ichki yo‘nalishlarida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida, Namangan shahar komissiyasi tomonidan belgilangan yo‘nalishlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu rusumli avtobuslarining jadval asosida muntazam harakatlanishini ta’minlash topshirildi.

Viloyat moliya boshqarmasi, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasiga bir hafta muddatda avtobus yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflari, shu jumladan, ayrim fuqarolar (maktab, litsey va kollej o‘quvchilari, pensioner, nogiron)larga imtiyoz masalalarini yo‘lovchi tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlarini qoplashni ta’minlashni va aholi manfaalariga rioya qilishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va viloyat hokimligiga taklif kiritish vazifasi yuklatildi.

Namangan shahar hokimligi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bo‘limi, viloyat Davlat soliq boshqarmasiga 2017-yilning 1-oktabriga qadar Namangan shahrida yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l kira haqi uchun naqd pulsiz haq to‘lash tizimining joriy etilishini ta’minlash vazifalari topshirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют