» » Qilmishidan pushaymon bo‘lgan 24 nafar andijonlik muddatidan oldin ozod etildi. 5 nafar bo‘yin tovlaganlar esa ozodlikdan mahrum etildi

Qilmishidan pushaymon bo‘lgan 24 nafar andijonlik muddatidan oldin ozod etildi. 5 nafar bo‘yin tovlaganlar esa ozodlikdan mahrum etildi


Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi hamkorligida o‘tkazilgan sayyor sudda qilmishidan pushaymon bo‘lgan 24 nafar nazoratdagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat IIB Probatsiya bo‘limining ma’lum qilishicha, Andijon shahrida va Xo‘jaobod tumanlarida “Namunali hudud” tajribasini yaratish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida bo‘lim hisobida turgan 4 ming 706 nafar nazoratdagi shaxsdan jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan 428 nafari ajratib olingan.

Kuni kecha aynan ushbu shaxslar ishtirokida viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir mobaynida jinoyat ishlar bo‘yicha viloyati sudi sudyalari tomonidan sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo‘lgan, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga kirgan nazoratdagi shaxslarning ishlari qayta ko‘rib chiqildi. Natijada 24 nafar shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

— Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganligim sabab, Jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining joriy yil 25-yanvardagi hukmiga asosan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilganman, — deydi asakalik X.Jalilov. – Ushbu hukm bilan 1 yil 6 oy muddatga oylik ish haqidan 20 foiz davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Bugungi sayyor sud davomida qilgan ishimdan pushaymonligim inobatga olinib, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildim. Bundan keyin xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga harakat qilaman.

Shuningdek, sudlar tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmasdan, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan va jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan 5 nafar shaxslarning jazo turlari ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirilishi ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют