» » “Lukoyl” Buxoro, Qarshi va Toshkent viloyatida 3 ta bolalar bog‘chasini quradi

“Lukoyl” Buxoro, Qarshi va Toshkent viloyatida 3 ta bolalar bog‘chasini quradi


5-iyul kuni Nukusda O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” o‘rtasida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati. Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi maktabgacha ta’lim tashkilot (keyingi o‘rinlarda — MTT)lari qurish ko‘zda tutilgan.

Bitimni imzolash marosimi imkoniyati cheklangan bolalar uchun “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTda bo‘lib o‘tdi. Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari Buxoroda (250 o‘rin), Qarshida (150 o‘rin) va Toshkent viloyatida (150 o‘rin) quriladi.

“Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish — maktabgacha ta’lim tizimidagi eng dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri. MTV vaziyatni yaxshilash ustida faol ish olib bormoqda: yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilmoqda, faoliyat ko‘rsatib turganlari ta’mirlanmoqda va ularning quvvatlari oshirilmoqda, maktabgacha ta’lim tizimiga o‘tgan yillarda olib qo‘yilgan binolar qaytarib berilmoqda. Biz biznesning bugungi kunda bolalarga yordam berishni xohlayotganidan juda xursandmiz. Lukoyl kompaniyasi sharofati bilan viloyatlardagi yana 550 nafar bola sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Buxorodagi MTT umumiy turdagi tashkilot, boshqa ikki MTT esa — reabilitatsiya markazlariga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar bo‘ladi. Bu reabilitatsiya markazlari, tarbiyalanuvchilardan tashqari, har yili sog‘lomlashtirish muolajalariga muhtoj bo‘lgan 5?7 ming bolani qabul qiladi”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Qarshi va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega IMTT prototip bo‘lib xizmat qiladi. Loyihada jismoniy va aqliy rivojlanishi o‘ziga xos bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari birlashtirilgan. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari, uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

“O‘zbekistonda ‘Imkon’ reabilitatsiya markaziga ega birinchi ixtisoslashgan MTTning ochilish marosimida biz bunday maktabgacha ta’lim tashkilotlari respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etilishini va’da qilgan edik. Bugun biz ‘Lukoyl’ bilan bitim imzoladik. U Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining alohida parvarishga muhtoj bolalariga erta yordam ko‘rsatish va ularni ijtimoiy-madaniy muhitga kiritish imkonini beradi. Uyda o‘tirib qolmasdan, doim muloqotda bo‘lish, dunyoni bilish, rivojlanish va moslashish imkoniyati — bu to‘laqonli hayot sari qo‘yilgan birinchi qadam demak. Bunda bola salomatligida cheklanish bo‘lsada, uning imkoniyatlari cheklanganmagan bo‘lishi darkor. Nukus shahrida ‘Imkon’ ochilgan vaqtdan bor-yo‘g‘i uch oy o‘tdi, lekin biz hozirning o‘zidayoq natijalarni ko‘rishimiz mumkin. Bolalar ancha baquvvatlashib, jonlanib qoldi, ko‘p bolalarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda”, — dedi loyiha rahbari Shahnoza Mirziyoyeva.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish tashabbusi “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov bilan joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda taklif etilgan.

“Lukoyl” O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan faol xayriya faoliyatini olib boradi. Bizning kompaniyamiz tomonidan O‘zbekistondagi xayriya maqsadlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning umumiy summasi bugungi kunda 13 mln. dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi loyihasiga biz 12 mln. AQSh dollari yo‘naltirishni rejalashtirmoqdamiz. Buxoro shahridagi MTT Lukoyl tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha quriladi. “Birinchi bunday MTT kompaniya tomonidan Rossiyada, Astraxan shahrida qurilgan”, — dedi “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ Bosh direktori Stepan Gurjiy.

Buxoro shahridagi MTTning umumiy maydoni 11 ming kv. metrdan ortiq bo‘lgan uch qavatli binosi va hududi eng zamonaviy texnika va uskunalar, basseyn, raqs va sport zallari, komyuter sinfi, shuningdek guruhlar uchun xonalar bilan butlanadi. Bolalarning faol o‘yinlari va sport bilan shug‘ullanishi uchun hududda velosiped yo‘lakchalari va chim qoplangan va xavfsiz sintetik qoplamali bolalar maydonchalari ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют