» » Toshkentdagi Inha universiteti va SAP kompaniyasi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

Toshkentdagi Inha universiteti va SAP kompaniyasi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va dunyoga mashhur SAP kompaniyasi (Germaniya) hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev va MDH davlatlari bo‘yicha SAP’ning bosh direktori Ilya Yurev Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar korporativ ilovalar bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniyalardan hisoblangan SAP hamda IUT o‘rtasidagi hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

Sarvar Boboxo‘jayev va Ilya Yurev SAP’ning global akademik dasturi – SAP Alyans Universitetida ishtirok etish masalasini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistondagi kompaniya va tashkilotlarda SAP ilovalarini tadbiq etish ko‘payganligi sababli, tomonlar Germaniya kompaniyasining dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash borasida fikr almashdi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют