» » “Forish” poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro “ArMI — 2019” o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda (foto)

“Forish” poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro “ArMI — 2019” o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda (foto)


“Forish” poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan “Xalqaro armiya o‘yinlariga” tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladigan “ArMI — 2019” xalqaro musobaqalarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” poligonida o‘tkaziladi.

“ArMI – 2018” o‘yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiy jamoalar ishtirok etgan edi.

Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 12 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, mamlakat harbiy jamoasi a’zosi tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova o‘tgan yilgi o‘yinlarda “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishining harbiy shifokorlar o‘rtasidagi “Maxsus ko‘nikmalar” bellashuvida, yakkalik bahsda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Ayni vaqtda “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida mezbon jamoa ishtirokchilari musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Musobaqa uchun yaratilgan barcha sharoitlar, jumladan, eng so‘nggi rusumdagi texnikalar jalb etilishi, real sharoitga yaqinlashtirilgan sun’iy jang maydonining tashkil etilganligi, ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют