» » O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda tarqatganlar 10 mln so‘macha jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda tarqatganlar 10 mln so‘macha jarimaga tortilishi mumkin


Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish:

fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 million 13 ming 650 so‘mgacha);

mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 million 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 million 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 million 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik choralari 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют