» » Makka va Madinani birlashtiruvchi tezkor temir yo‘l qurilishi yakuniga yetmoqda

Makka va Madinani birlashtiruvchi tezkor temir yo‘l qurilishi yakuniga yetmoqda


Makka va Madina shaharlari o‘rtasidagi tezkor temir yo‘l tarmog‘i qurilishi yakuniga yetmoqda. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar berdi. 

Haramain Express ekspress-poyezdini ishga tushirayotgan qurilish kompaniyasi rejalashtirilgan 450 kilometr yo‘ldan 430 kilometrini bitirib bo‘ldi.

Jiddadan Makkaning “Ar-Rusaifa” vokzaligacha eltuvchi yo‘lning qolgan qismini tez orada yakunlash mo‘ljallangan. Barcha qurilish ishlari tugagach, 2017-yilning dekabr oyida ilk sinov poyezdi qatnovini boshlaydi.

Ikki muqaddas shaharni birlashtiruvchi temir yo‘l Saudiya hukumati uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyiha kechikishlarsiz, belgilangan jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют