» » Samarqandda 1 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi naqd pulda to‘landi

Samarqandda 1 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi naqd pulda to‘landi


Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan qarzdor “Ishchi ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 1 milliard 620 million so‘m soliq qarzi undirildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 78-uyning birinchi qavatida olti xonadan iborat savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish binosi borligi aniqlangan. Ijro harakatlari davomida ushbu ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilgan.

Qarzdor 3 kun davomida umumiy hisobda 1 milliard 620 millon so‘m naqd pulni soliq qarzlarini to‘liq to‘lash uchun bank kassasiga topshirgan.

“Shuningdek, qarzdor davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzini qoplamaganligi sababli 32 millon 411 ming so‘m ijro yig‘imi va sud tomonidan qo‘llanilgan davlat bojlarini ham to‘lab berdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют