» » “Bunyodkor”ni tark etgan Zabihillo O‘rinboyev Qatar darvozasiga 3 ta gol urib, O‘zbekiston g‘alabasini ta’minladi

“Bunyodkor”ni tark etgan Zabihillo O‘rinboyev Qatar darvozasiga 3 ta gol urib, O‘zbekiston g‘alabasini ta’minladi


22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatiga tayyorlanish uchun Qatar poytaxti Dohada mashg‘ulot olib bormoqda.

O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha — 23-mart kuni Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan jamoa mezbon Qatar termasiga qarshi o‘yinda maydonga tushib, 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan. O‘yindagi barcha gollar “Olmaliq” a’zosi Zabihullo O‘rinboyev tomonidan urilgan.

Ma’lumot uchun, O‘rinboyev bir emas, uchta kichik mundialda ishtirok etgan futbolchi hisoblanadi. U faoliyatini “Bunyodkor”da boshlagan bo‘lib, keyinroq “Olmaliq” safiga qo‘yib yuborilgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Doha, Qatar
23-mart, payshanba

Gollar: Zabihillo O‘rinboyev, 1 (0:1). Zabihillo O‘rinboyev, 55 (0:2). Zabihillo O‘rinboyev, 60 (0:3).

Yig‘in doirasida O‘zbekiston termasi 25-mart kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют