» » Qashqadaryoda ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.Q. Nexia mashinasini “Yettitom—Qarshi” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Annaro‘z” qishlog‘ida yashovchi 34 yoshli Sh.L. boshqaruvidagi Nexia’ga to‘qnashib ketgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 8-iyul kuni soat 14:05 larda sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi Sh.Q. jarohat olib, voqea joyida, haydovchi Sh.L. boshqaruvidagi Nexia yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. esa kasalxonada vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi Sh.L. va uning yana bir yo‘lovchisi 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют