» » Kolumbiyada maxsus operatsiya davomida isyonchilar guruhining yetakchisi o‘ldirildi

Kolumbiyada maxsus operatsiya davomida isyonchilar guruhining yetakchisi o‘ldirildi


Kolumbiyada politsiya tomonidan Bolivar shimoliy departamenti hududida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida Milliy ozodlik armiyasi isyonchi guruhi yetakchilaridan biri Alvaro Ortega o‘ldirildi. Bu haqda Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Politsiyamizni Hayro laqabi bilan mashhur Alvaro Ortegani yo‘q qilganligi bilan tabriklayman. U Xose Antonio Galan fronti qo‘mondoni lavozimini egallab kelgan”, — deb yozdi davlat rahbari.

U operatsiya Bolivar departamenti janubida o‘tkazilganligiga aniqlik kiritdi.

Kolumbiya milliy politsiyasi direktori general Xorxe Niyeto otishma davomida Orteganing Flako laqabi bilan mashhur qo‘riqchisi ham halok bo‘lganligini ma’lum qildi.

Kolumbiya hukumati vakillari o‘tkazilgan maxsus operatsiya tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют