» » Sog‘liqni saqlash vazirligi Paxtachida qovun-tarvuzlar laboratoriya tekshiruvisiz sotilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Paxtachida qovun-tarvuzlar laboratoriya tekshiruvisiz sotilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Paxtachida qovun-tarvuzlar laboratoriya tekshiruvisiz sotilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar nega nazorat olib bormayapti?” maqolasi yuzasidan bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 532-sonli qaroriga muvofiq, bozorlar, savdo tashkilotlari va boshqa savdo obyektlarida poliz mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilish uchun Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tomonidan veterinariya-sanitariya ekspertizasi va laboratoriya tahlillari o‘tkazilib, xulosa beriladi.

Shunga ko‘ra, hozirda dehqon bozorlari hududida sotilayotgan poliz mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlariga tekshirish va realizatsiya qilishga ruxsat beruvchi ma’lumotnoma yozib berish vakolati faqat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi dehqon bozorlari qoshida joylashgan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari (VSEL) tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu laboratoriyalarda tahlillar o‘tkazilmasa yoki tahlil natijalari me’yorlarga javob bermasa, qishloq xo‘jaligi, jumladan, poliz mahsulotlarini bozorlar, savdo shoxobchalariga olib kirish va sotish qat’iy taqiqladi.

Bozorlardan tashqari joylarda poliz mahsulotlarini sotish faqat mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan dislokatsiya bo‘yicha ajratilgan joylarda amalga oshirilishi hamda hududiy VSEL ma’lumotnomasi bilan sotilishi lozim.

– “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan murojaat bo‘lganda qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlari davlat tomonidan xavfsizlik ko‘rsatgichlari bo‘yicha laboratoriyada tekshirilishi va tegishli xulosalar berilishi mumkin. Ya’ni, amaldagi qonunchilikda sanitariya-epidemiologik xulosalar olinishi ixtiyoriy bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan murojaat bo‘lganda, ushbu mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida, shuningdek, aholi o‘rtasida kasallanish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushgan holatlardagina Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlarini laboratoriyalarda to‘liq tekshirib berish vakolatiga ega bo‘ladi, – deydi Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Bahrom Almatov. – Hududiy DSENMlarida esa bunday tekshiruvlarni o‘tkazish imkoniyati mavjud,

Sog‘liqni saqlash vazirligi dehqonlar va sotuvchilardan qishloq xo‘jalik, jumladan, ayni pishib yetilgan, xalq sevib iste’mol qilayotgan qovun-tarvuzlarni laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazib, keyin sotishlari o‘ta muhim ekanligini eslatib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют