» » Prezident qarori bilan “O‘ztransgaz” “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqariladigan bo‘ldi

Prezident qarori bilan “O‘ztransgaz” “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqariladigan bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qarorga ko‘ra, Xalqaro konsalting kompaniyalari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqladi. Tashkil qilinayotgan ishchi komissiyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – XMI/XHMT) va konsalting kompaniyalarini jalb qilish choralarini ko‘riladi.

Prezident qarori bilan “O‘ztransgaz” AJni “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidan chiqarish va “O‘zbekneftgaz” AJning “O‘ztransgaz” AJ ustav kapitalidagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish tasdiqlandi.

“O‘ztransgaz” AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida “Hududgazta’minot” AJni tashkil qilinib, Agentlik uning aksiyadori etib belgilanadi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orali tanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют