» » O‘zbekistondagi maktablarda o‘quv yili davomiyligi va ta’tillar muddatlariga o‘zgarishlar kiritildi

O‘zbekistondagi maktablarda o‘quv yili davomiyligi va ta’tillar muddatlariga o‘zgarishlar kiritildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Nizomda o‘quv yili davomiyligi va ta’tillar muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. 

Jumladan, o‘quv yili davomiyligi 34 hafta, birinchi sinflar uchun esa 33 hafta etib belgilandi. Oldin bu muddat tegishli ravishda 33 va 30 haftani tashkil etardi.

O‘quv yili davomidagi ta’tillar muddati quyidagicha belgilandi: 

Kuzgi ta’til: 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun (ilgari 4-noyabrdan boshlab 8 kun);

Qishki ta’til: 28- dekabrdan boshlab 14 kalendar kun (ilgari 31-dekabrdan 11 kun);

Bahorgi ta’til: 21- martdan boshlab 7 kalendar kun (ilgari 22-martdan 10 kun);

Yozgi ta’til: oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan, bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun esa o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan boshlab 1-sentabrgacha (o‘quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31-avgustgacha);

I-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til: fevral oyi davomida (fevral oyi o‘rtalarida).

Hujjat 2017-yil 22-martdan kuchga kirdi. 

Опубликовано: admin (24-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют