» » O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar soni qancha?

O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlar soni qancha?


O‘zbekistonda yoshi 100 dan oshgan daraxtlarni aniqlash va ularni muhofaza qilish bo‘yicha inventarizatsiya ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillarining jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Davlat qo‘mitasi inspeksiya boshlig‘i O‘lmas Sobirovning so‘zlariga ko‘ra, inventarizatsiya ishlari butun mamlakat bo‘yicha, hukumatning 2019-yil yanvaridagi qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida olib borilmoqda.

“Daraxtlarni inventarizaysiyadan o‘tkazish har besh yilda bir marta o‘tkaziladi. Birinchi marta o‘tkazilayotgan xatlovda hozirga qadar yoshi 100 dan oshgan 1014 dona daraxt aniqlandi. Xatlov hali oxiriga yetgani yo‘q. Shuning uchun bizda aniq raqamlar mavjud emas”, — dedi O‘lmas Sobirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yoshi 100 dan oshgan daraxtlarni alohida belgi bilan ajratib, muhofazaga olish rejalashtirilgan. Ochiq muloqotda inventarizatsiya ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, uning natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют