» » Abdulla Aripov Moskvadagi “Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi” majmuasini borib ko‘rdi

Abdulla Aripov Moskvadagi “Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi” majmuasini borib ko‘rdi


Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Olga Golodes O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan “Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi” majmuasida joylashgan, hozirda restavratsiya ishlari olib borilayotgan №66 pavilyonni borib ko‘rdi, deb xabar beradi UzDaily.

2019-yilning 30-may kuni Rossiya va O‘zbekiston vakillari “Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi”da O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markazini yaratish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan edi. Pavilyon va unga tegishli yer uchastkasi O‘zbekiston tomoniga 49 yilga ijaraga berilgan.

“O‘zbekiston ushbu pavilyonning ochilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu juda ajoyib pavilyon. U O‘zbekistonning ruhi va muhitini ifodalaydi”, — deydi Olga Golodes.

Pavilyon O‘zbekistonga joriy yilning oktabrida topshirilishi rejalashtirilgan.

№66 pavilyoni 1951—1954-yillarda o‘zbek milliy arxitektura namunalari asosida bunyod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют