» » Apple xakerlar tomonidan iCloud’dagi 300 mln akkaunt buzilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Apple xakerlar tomonidan iCloud’dagi 300 mln akkaunt buzilganligi haqidagi xabarlarni rad etdi


Turk xakerlarining tahdidiga qaramay dunyodagi yuz millionlab iCloud akkaunti hamda korporatsiyaning boshqa xizmatlari xavfdan xoli qolmoqda. Apple kompaniyasi vakillari so‘nggi vaqtda o‘zlarining birorta raqamli xavfsizlik tizimi buzilmaganini e’lon qildi, deb Fortune nashriga tayanib, xabar beradi TJournal.

Apple vakillarining so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar @icloud.com va @me.com domen manzillari haqida bergan e’loni eski buzilishga tegishli bo‘lib, hozirda ularning xavfsizligi qayta tiklangan.

Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarga Apple ID hamda boshqa mashhur, lekin xavfsizligi past bo‘lgan servislardagi (malasan, Linkedln, Yahoo va Dropbox) parollarni o‘zgartirishni maslahat berdi.

Turkish Crime Family xakerlar to‘dasi 300 million iCloud akkaunti hamda Apple’ning boshqa servislarini qo‘lga kiritganligi haqida xabar 22-martda paydo bo‘lgandi.

Firibgar xakerlar Apple’dan 75 ming dollar miqdordagi pulni Bitcoin to‘lov tizimi yoki 100 ming dollarni iTunes sovg‘a kartochkalari orqali talab qilgan. Aytilgan miqdordagi pul to‘lanmagan taqdirda, ular akkauntlardagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashlashga va’da bergandi.

 

Опубликовано: admin (24-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют