» » Aydarko‘lda ruxsat etilmagan qayiqlarga qarshi reyd o‘tkazildi

Aydarko‘lda ruxsat etilmagan qayiqlarga qarshi reyd o‘tkazildi


Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Aydarko‘lning Navoiy viloyati hududida ruxsat etilmagan qayiqlarda baliq ovlash bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga nisbatan reyd o‘tkazildi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Aydarko‘l tabiiy suv havzasi Jizzax hamda Navoiy viloyatlari hududlarida joylashgan bo‘lib, shundan 205 ming gektari Jizzax viloyati hududida, 151 ming gektar Navoiy viloyati, Nurota tumani hududida joylashgan.

Uning atrofidagi Nurota tumanining Poyga va Chuqurquduq qishlog‘ida yashovchi aholi asosan baliqchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Shu munosabat bilan reyd xavfsiz suzish, odamlarning hayoti va xavfsizligi, inson sog‘lig‘ini saqlash hamda baxtsiz hodisalar va tabiiy atrof-muhit ifloslanishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.

Ushbu tadbir davomida 53 nafar fuqarolarning qayiqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib ro‘yxatga olindi. Foydalanish talablariga javob bermaydigan yaroqsiz 4 ta qayiqqa foydalanish bo‘yicha taqiq qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют