» » Turizm qo‘mitasi 48 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro uchun Samarqandga 2 kunlik tur tashkillashtirdi (foto)

Turizm qo‘mitasi 48 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro uchun Samarqandga 2 kunlik tur tashkillashtirdi (foto)


Samarqanddagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Turizm Kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda birinchi an’anaviy turistik yarmarkasi arafasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “Barcha uchun sayohat” – imkoniyati cheklangan shaxslar orasida turizmni qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Loyiha doirasida O‘zbekiston nogironlar jamiyatining 48 vakiliga Toshkentdan Samarqandga ikki kunlik tur tashkil etildi.

Imkoniyati cheklangan insonlar Turizmni qo‘llab-quvvatlash loyihasi taqdimotida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Samarqandda MDH davlatlari Turizm Kengashining yig‘ilishining ochilish marosimi oldidan nogironlarni qo‘llab-quvvatlashga xayriya mablag‘larini ajratish uchun hisob raqamini rasman e’lon qildi.

Hisobga kelib tushgan xayriya mablag‘lari quyidagi tarzda taqsimlanadi:

50% - nogiron shaxslarga sayohat tashkil etish;

25% - imkoniyati cheklangan shaxslar uchun joylarda turizm infratuzilmalari obyektlarini moslashtirish;

25% - imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (tadbirkorlik faoliyati, nogironlik aravachalari va boshqa maxsus uskunalar).

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar yaratishda O‘zbekiston ushbu sohada dunyoda yetakchi bo‘lgan Yevropa mamlakatlari tajribasini o‘rganadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvar holatiga 709 000 nafar nogironligi bo‘lgan kishilar bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют