» » O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punklari ish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punklari ish tartibi o‘zgaradi


O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida ikkita yangi o‘tkazish punktlari paydo bo‘ladi, mavjud uchtasi esa kecha-yu kunduz ish tartibiga o‘tadi, deya xabar qiladi “Kazinform”.

“Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashning barcha choralarini ko‘ryapmiz. O‘zbekiston bilan chegarada qo‘shimcha ikkita o‘tkazish punktini ochish rejalashtirilmoqda, shuningdek, avtomobillar uchun mo‘ljallangan amaldagi o‘tkazish punktlari kecha-yu kunduz ish tartibiga o‘tkaziladi”, — deya xabar berdi Ostonada bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq forumi doirasida Qozog‘iston Respublikasining investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek.

Vazir, shuningdek, Qozog‘iston poytaxtidan Toshkentga ikkita reys ishga tushirilishi haqida ham ma’lumot berdi.

“Kuni kecha Olmaota—Toshkent, Toshkent—Olmaota tezyurar yo‘lovchi poyezdlari ishga tushirildi va hozirda ularga chipta qolmagan. Ostonadan Toshkentga haftasiga ikkita qo‘shimcha reys uchadi. Ya’ni Olmaotadan 12 ta reysimiz bo‘lsa, Ostonadan deyarli kuniga oltita uchadi”, — deb qo‘shimcha qildi vazir. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют