» » O‘zbekistonda deputatlar ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekistonda deputatlar ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda


Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda deputatlar tomonidan bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Jumladan:

“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi;

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;

“O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi;

“Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”gi;

“Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida”gi;

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi;

“Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini tasis etish to‘g‘risidagi bitimni (Parij, 2001-yil 3-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi;

“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют