» » Rasman: “Barselona” Antuan Grizmannni sotib oldi

Rasman: “Barselona” Antuan Grizmannni sotib oldi


“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini “Barselona”da davom ettiradi. Bu haqda Kataloniya klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

“Ko‘k-anorranglilar” 28 yoshli fransuz uchun 120 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Grizmann kataloniyaliklar bilan 2024-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Futbolchining tovon puli 800 million yevro qilib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, u “matraschilar” tarkibida 2014-yildan 2019-yilga qadar to‘p surdi. Grizmann Madrid klubi safida barcha musobaqalarni hisoblaganda 257 ta uchrashuvda maydonga tushib, 133 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют