» » O‘zbekiston delegatsiyasi Krasnoyarsk o‘lkasiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston delegatsiyasi Krasnoyarsk o‘lkasiga tashrif buyuradi


O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi va Krasnoyarsk o‘lkasi savdo va sanoat sohasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalarga ega. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm sohalaridagi qo‘shma loyihalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

Viktor Tolokonskiy hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari qayta tiklash va rivojlantirishga muhtoj ekanligini ta’kidladi. Gubernator Krasnoyarsk o‘lkasi iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim kabi turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

“Bugun o‘lkamiz yangi aeroport qurmoqda, bu yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. O‘zbekistonning tabiati, qadimiy yodgorliklari va tarixiy diqqatga sazovor joylari sayohatchilarimiz uchun juda qiziqarli. Krasnoyarsk o‘lkasi ham o‘zining sayyohlik salohiyati bilan mashhur”, — deya ta’kidladi u.

Viktor Tolokonskiy uchrashuv ishtirokchilarini 14-Krasnoyarsk iqtisodiy forumiga taklif qildi, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasini 2019-yilgi qishki universiadada ko‘rishga umid bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Krasnoyarsk o‘lkasiga tashrifi doirasida oziq-ovqat, yengil va yog‘ochni qayta ishlash sanoatining bir qator korxonalariga tashrif buyuradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют