» » Samarqandda alimentdan qochib yurgan ota ushlanib, 53 mln so‘m undirildi

Samarqandda alimentdan qochib yurgan ota ushlanib, 53 mln so‘m undirildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor Sh.N.dan undiruvchi F.S.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Zarnews’ning xabar berishicha, Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor Sh.N. Navoiy viloyatining Uchquduq shahridan ushlanib, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Paxtachi tuman ma’muriy sudiga topshirilgan.

Sudning qaroriga asosan, qarzdor Sh.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, qarzdor Sh.N.dan undiruvchi F.S. foydasiga 53 million so‘m undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют