» » Mayk Tayson: “Makgregor hech qachon Habibni yenga olmaydi”

Mayk Tayson: “Makgregor hech qachon Habibni yenga olmaydi”


Boks bo‘yicha og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson UFC jangchilari Habib Nurmagomedov va Konor Makgregorning ehtimoliy revansh jangi haqida fikr bildirdi.

“Habib Konorni mag‘lub etdi-ku, to‘g‘rimi? Muxlislar revansh jangini ko‘rishni istamoqda. Ammo Konor baribir ham Habibni yenga olmaydi. U buni hech qachon qila olmaydi. Muxlislar esa revanshni ko‘rish uchun pul to‘lashga tayyor. Konor — daho shoumen. Buni tan olmaslikning ilojisi yo‘q” — deya Taysonning so‘zlarini keltiradi LowkickMMA.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Habib Konor bilan kechgan jangda g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют