» » Toshkentda ikkinchi xalqaro yoshlar sammitiga start berildi

Toshkentda ikkinchi xalqaro yoshlar sammitiga start berildi


Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida 24-mart kuni “Mening yurtim — mening faxrim” mavzusidagi xalqaro yoshlar sammitining birinchi ish kuni yakuniga yetdi. Bu haqda sammit tashkiliy qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy ishbilarmonlar bilan hamkorlikda ikkinchi marta tashkil etilayotgan ushbu tadbir Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasining (YLDP) tashabbusidir.

O‘zbekistonda muqobili yo‘q hisoblangan, ishchi tili ingliz tili bo‘lgan mazkur sammit tashkiliy guruhi a’zolari — 100 dan ziyod yosh ko‘ngillilar, O‘zbekiston universitetlarining ilg‘or talabalari, kollej va litseylar o‘quvchilari sakkiz oydan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rdi.

Mazkur loyiha ijtimoiy faol yoshlar uchun fikr va tajriba almashish maydonchasi yaratib, jamiyat rivojiga xizmat qiladigan yoshlar tashabbuslarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Mirjalol Mirsabitov, YLDP bosh koordinatori

O‘zbekistonning barcha hududlaridan ikki mingdan ortiq onlayn-arizalar qabul qilgan sammit tashkiliy qo‘mitasi 300 dan ortiq faol yoshlarni quyidagi yo‘nalishlardagi sub-konferensiyalarda qatnashishi uchun saralab olgan:

Sammitning birinchi kuni madaniy tadbirlar, yosh dizaynerlarning modalar namoyishi va tashkilotchilarning qutlov so‘zlari o‘rin olgan ochilish marosimi, qatnashchilar uchun jamoani shakllantiruvchi mashg‘ulotlar va O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning roli mavzusidagi yalpi majlisni o‘z ichiga oldi.

Uch kunlik sammit dasturidan O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan ma’ruzalar va o‘quv mashg‘ulotlari, ijtimoiy loyihalar ustida ishlash va taqdimot qilishni ko‘zda tutuvchi o‘ziga xos tanlov o‘rin olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют