» » Toshkentda yil boshidan beri 183 piyoda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

Toshkentda yil boshidan beri 183 piyoda yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi


Toshkent shahrida 2017-yil boshidan beri 183 piyoda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Bu haqida 23-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifing doirasida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, mayor Alisher Abduqodirov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Mayorning ta’kidlashicha, piyodalar ham xuddi avtomobil haydovchilari kabi yo‘l harakati ishtirochilari hisoblanadi. Ba’zi hollarda aynan piyodalar yo‘l-transport hodisasining kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Hozirgi kunda piyodalar uchun jarima eng kam oylik ish haqining 0,3 barobarini tashkil qiladi. Yo‘l harakati qoidalari buzilgan taqdirda inspektor fuqaroning shaxsini aniqlashi kerak.

Agar qoidabuzarning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, uni tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borish kerak bo‘ladi. Shaxsi aniqlangach, inspektor piyodaga nisbatan jarimani rasmiylashtiradi.

Qayd etishlaricha, piyodaning qoidabuzarligi bilan bog‘liq bitta hodisani rasmiylashtirish ikki soatcha vaqt talab qilgani sabab jarimaga tortilganlar soni kam.

Biroq, yo‘llarda kameralar ishga tushgani munosabati bilan, YHXB xodimlari piyodalar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarliklar bilan jiddiy shug‘ullanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют