» » Quyosh urganda nima qilish kerak?

Quyosh urganda nima qilish kerak?


Quyosh urishi — kuyishning bir turi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlarining inson bosh qismini qizitib yuborishi hisoblanadi. Biroq, issiq o‘tishi birdaniga sodir bo‘ladigan hodisa emas. Uning o‘ziga xos alomati mavjud — issiqdan silla qurishi. Bu jadallashuvchi jarayon bo‘lib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovishga ko‘mak zarurligidan xabar beradi deb yozadi Zarnews.

Termik silla qurishini har xil holatlarga doir quyidagi alomatlar orqali aniqlash mumkin:

Agar siz termik silla qurish belgilarini allaqachon boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, holat issiq urishiga etgan bo‘lishi ham mumkin. Uning alomatlari yanada jiddiyroq tus oladi:

Bularning bari o‘ta xavfli va nafaqat salomatlik, qolaversa hayot uchun tahlikalidir. Shuning uchun zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish kerak va bu ikki holatga ham taalluqli.

Termik silla qurishida birinchi yordam

Agar gap issiq urishining faqat boshlang‘ich simptomlari haqida ketayotgan bo‘lsa, ilk vazifalar quyidagi tartibda bo‘ladi:

Quyosh urgandagi birinchi yordam

Agar sizni yoki atrofingizdagi odamlardan birortasini quyosh urgan bo‘lsa, o‘sha yerning o‘zida ko‘rsatilgan yordam samarali bo‘lmasligi mumkin. Qusish, yurak urishida buzilishlar aniqlansa, xushdan ketish xavfi bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

Issiq urishi ortga surib bo‘lmaydigan tibbiy holat hisoblanadi, undan aziyat chekuvchi odam tezkor yordamga muhtoj.

Tez yordam xodimlari yetib kelgunga qadar, termik silla qurishida asqotuvchi ko‘rsatmalarga amal qilib turgan ma’qul. Samaradorlikni oshirish uchun “og‘ir artilleriya”dan foydalansa ham bo‘ladi:

Shifokorlar yetib kelishgach, bemor holatini baholashadi. Issiq urishida ko‘rsatilgan birinchi yordam yetarli natija bergan bo‘lsa, gospitalizatsiyaga hojat bo‘lmasligi ham mumkin. Tanadagi yo‘qotilgan elektrolitlar o‘rnini to‘ldirish uchun tomchi ukol buyuriladi, qon va siydik tahlillari, ichki organlar holatini o‘rganish uchun ultratovush tekshiruvidan o‘tish tavsiya qilinadi. Terapevt natijalarni ko‘rib chiqib, bundan keyin nima qilish kerakligi borasida o‘z maslahatlarini beradi.

Xavfsizlik choralari

Agar siz oftob urishidan aziyat chekkan bo‘lsangiz, yaqin haftalar davomida yuqori haroratga nisbatan sezuvchan bo‘lib qolasiz. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qiling.

Ko‘proq suyuqlik iching

Quyosh ostida o‘tuvchi har bir soat uchun 2-4 piyola ichimlik (suv, meva yoki sabzavot sharbati) eng to‘g‘ri me’yor hisoblanadi, ayniqsa jaziramada jismoniy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz. Terlash davomida tanangizdagi namlik kamayib borishiga yo‘l qo‘ymang.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют