» » Saudiya boshliq arab koalitsiyasi Yamanda ikki mingdan ziyod maktabni vayron qildi

Saudiya boshliq arab koalitsiyasi Yamanda ikki mingdan ziyod maktabni vayron qildi


Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanda ikki mingdan ziyod maktabni vayron qildi. Bu haqida Yaman ta’lim vazirligi axborot bo‘limi direktori Ismoil Zaydon “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

Mart oxirida Yamanda arab koalitsiyasi tomonidan operatsiya boshlanganiga ikki yil to‘ladi. 2015-yili Ar-Riyod hamda uning ittifoqchilari shia isyonchilarga qarshi fuqarolik mojarosiga Yaman prezidenti Abd-Rabbu Mansur Hodiyni qo‘llab quvvatlash maqsadida aralashgan.

Isyonchilar tomonidan nazorat qilinayotgan poytaxt Sanadagi vazirlik nomidan bayonot bergan Zaydonning so‘zlariga ko‘ra, “Saudiya bosqini” natijasida 2306 ta maktab va boshqa ta’lim muassasalari vayron bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan talofat 400 million AQSh dollariga baholanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют