» » Temiryo‘l monopolisti tadbirkorga o‘z xizmatlarini o‘tkazishga harakat qilgani aniqlandi

Temiryo‘l monopolisti tadbirkorga o‘z xizmatlarini o‘tkazishga harakat qilgani aniqlandi


O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyatida joylashgan tadbirkorlik subyektining “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK tomonidan yuklash va yuk tushirishga yo‘naltirilgan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yish xizmati majburiy tarzda ko‘rsatilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yish – qayta ishlanishi lozim bo‘lgan poyezd vagonlarining uchastka stansiyalariga yoki saralovchi stansiyalarga kelganidan keyin qo‘yiladigan shartli belgilar.

Murojaatda keltirilgan masala bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasida, bo‘rda belgi qo‘yish xizmati iste’molchiga zarur bo‘lgan holatda, uning tegishli arizasiga binoan temiryo‘l tashkiloti tomonidan ko‘rsatilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, iste’molchining mazkur xizmatga ehtiyoji va arizasi mavjud bo‘lmasada, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Qo‘qon mintaqaviy temiryo‘l uzeli” UK tomonidan asosiy ortish va tushirish uchun vagonlarni taqdim etish xizmati bilan birga bo‘rda belgi qo‘yish xizmati ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi.

Natijada, tadbirkorga tabiiy monopoliya subyekti tomonidan 61,7 million so‘mlik asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘mita tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi hamda tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzilishini to‘xtatilishi va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan ko‘rsatma berildi, asossiz hisoblangan mablag‘lar tadbirkor foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют