» » Vuchich: Serbiya hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi

Vuchich: Serbiya hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi


Serbiya hech qachon NATO a’zosiga aylanmaydi. Bu haqda Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchich Yugoslaviyaning NATO tomonidan bombardimon qilinishi 18 yilligiga bag‘ishlangan xotira marosimida aytib o‘tdi, deya xabar qiladi “TASS”.

“NATO Serbiya rangini yakson qilmoqchi edi, u boshqa hech qachon o‘zini o‘nglab ololmasligi uchun uni tiz cho‘ktirmoqchi edi. Serbiya boshqa ittifoqqa a’zo bo‘lmagani kabi, NATOga ham hech qachon a’zo bo‘lmaydi”, — deya ma’lum qildi bosh vazir.

Vuchichning ta’kidlashicha, 18 yil avval NATOning Yugoslaviya, jumladan, Serbiyaga yetkazgan zarari 30 milliardan 100 milliard dollargacha baholangan. NATO uch oy davom etgan urush uchun sarflagan pullar 80 million odamni boqishga yetgan bo‘lardi.

18 yil avvalgi bombardirovka oqibatida 3500 dan 4000 gacha inson halok bo‘lgan (mingga yaqin harbiy xizmatchi va politsiyachilar, 2 mingdan ziyod oddiy fuqaro, jumladan, 79 nafar bola), jarohat olganlar soni esa 10 mingdan oshadi.

“Shunga qaramay, biz serb qalbidagi g‘urur hamda qadr-qimmatni saqlab qola oldik, bizning kichik mamlakatimiz avvalgidek hozir ham yengilmasdir”, — dedi Vuchich.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (24-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют