» » Namangandagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Namangandagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi


14-iyul kuni soat 11:12 da Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani, Xo‘jand mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi  ma’lum qildi.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 11:29 da voqea joyiga yetib borib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 11:31 da qurshab olingan va 11:33 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘indan binoning 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida maktab binosining faollar xonasida saqlangan 14 dona sport to‘shagi (mat) yonib zararlangan.

Yong‘inni taxminiy sababi xonada vaqtinchalik o‘tkazilgan elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют