» » Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi

Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi


Apple korporatsiyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantirish imkonini taqdim etadigan ikki aksessuar patenti uchun ariza berdi. Hujjat AQShning patentlar va savdo belgilari bo‘yicha byurosi saytida e’lon qilingan.

Aksessuarlar iOS-qurilmalar uchun mo‘ljallangan tutqichdan iborat. Dastlabki holatda iPad ekran vazifasini o‘taydi va unga trekpadli klaviatura ulanadi. Ikkinchi aksessuar esa o‘z displeyi bilan ta’minlangan bo‘lib, iPhone’ga mo‘ljallangan hamda trekpad rolini bajaradi.

Hujjatda qayd etilishicha, qurilma to‘laqonli noutbukning tarkibiy qismi hisoblangan videokarta, portlar va boshqa atributlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq uning ishlashi uchun protsessor vazifasini o‘tab beradigan iOS-devays kerak bo‘ladi.

2015-yil oxirida Apple rahbari Tim Kuk iPad’ni MacBook bilan birlashtirib yuborish g‘oyasini tanqid ostiga olgan edi. Uning fikricha, bunday qurilma faqat iste’mol tajribasini buzadi, shu sababli ham kompaniya bunday gadjetni tayyorlashdan manfaatdor emas. Buning o‘rniga kompaniya iPad Pro planshetini noutbuk o‘rinbosari sifatida talqin etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют