» » “Temurbeklar maktabi”da o‘qish muddati 2 yil, qabul kvotasi esa 100 kishi etib belgilandi

“Temurbeklar maktabi”da o‘qish muddati 2 yil, qabul kvotasi esa 100 kishi etib belgilandi


Prezident qaroriga ko‘ra, harbiy-akademik litseylarda o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

2019-yil 1-sentabrdan “Temurbeklar maktabi”da xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorda har oylik ustama to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘plagan ballarining 30 foizi, respublikaning boshqa oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda esa 15 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyozga ega bo‘ladi.

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilar tarkibida ushbu maktab bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tash natijalari bo‘yicha kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 22:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют