» » Koenigsegg giperkarlari uchun to‘rt yillik navbat yuzaga keldi

Koenigsegg giperkarlari uchun to‘rt yillik navbat yuzaga keldi


Keyingi to‘rt yil davomida ishlab chiqariladigan Koenigsegg giperkarlarining bari hozirdanoq sotib bo‘lindi. Bu haqda kompaniya rahbari Kristian fon Kyonigsegg ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Motor”.

“Hozirgi vaqtda bizning avtomobillarimiz uchun yuzaga kelgan navbat to‘rt yilni tashkil etadi. Biroq biz muddatni qisqartirishga harakat qilyapmiz, chunki xaridor o‘zi xohlagan mashinani to‘rt yoki besh yildan so‘ng qo‘lga kiritishi bu avtomobil savdosini yanada qiyinlashtiradi. Oradan shuncha vaqt dunyo qanday bo‘lishini ham bilmaymiz hatto”, — dedi Kyonigsegg.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda kompaniya navbatni ikki—ikki yarim yilgacha qisqartirish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun joriy yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 25 tagacha, kelasi yildan boshlab esa 30 tagacha oshirish kerak bo‘ladi.

Koenigsegg’ning modellar qatoridan Regera va Agera SS avtomobillari, shuningdek, atigi yetti nusxada ishlab chiqarilgan va 1341 ot kuchiga ega One 1 mashinasi o‘rin olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют