» » Urgut tumanidagi homilador ayolning o‘limi yuzasidan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi

Urgut tumanidagi homilador ayolning o‘limi yuzasidan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi


Avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida homilador ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edik. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi, deb yozadi Zarnews.

Qayd etilishicha, 1998-yilda Urgut tuman Jartepa mahallasida tug‘ilgan S.E. 2019-yil 4-yanvarda “Homiladorlik I 12-13 haftalik” tashxisi bilan Urgut tuman 1-son markaziy shifoxonasi poliklinikasida hisobga olingan. Ayol oilasi bilan Samarqand shahrida yashashi, Samarqand davlat chet tillar institutida o‘qishi sababli homiladorlik individual kartasini 2019-yil 16-fevralda Samarqand shahar 2-son oilaviy poliklinikasiga olib ketgan.

Homilador ayol joriy yilning 2-iyul kuni soat 12:00 da Urgut tuman 1-son shifoxonasi tug‘uruq bo‘limiga qabul qilingan. Vrachlar ko‘rigidan so‘ng unga “Homiladorlik I 40 hafta. Tug‘ruq I. Tug‘ruqning I davri. Bosh-chanoq nomutanosibligi. Homilaning noaniq holati. Anemiya o‘rta og‘ir darajasi. HbsAg manfiyligi” tashxisi qo‘yilgan va tug‘uruq kesar-kesish orqali olib borilgan.

Tug‘uruqdan keyingi davr yaxshi kechgan, ammo 6-7-sutkada ayolda tana haroratining ko‘tarilishi, qorin dam bo‘lishi kuzatilgan. 10-iyul kuni malakali xirurglar tomonidan ko‘rilib, qayta operatsiya qilingan. Ayolda operatsiyadan keyin arterial qon bosimi tushgan, poliorgan yetishmovchiligi kuzatilgan. Malakali mutaxassislar ko‘rigi va o‘tkazilgan muolajalarga qaramay, 14-iyul kuni soat 21:30 da biologik o‘lim qayd qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют