» » Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi YTHga Opel’ning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan

Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi YTHga Opel’ning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan


2019-yil 16-iyul kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi Mingchinor mahallasi hududidan o‘tuvchi Bulung‘ur—Kildon yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu YTH yuzasidan Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB ma’lumot berdi. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

2019-yil 16-iyul kuni Bulung‘ur tumanida yashovchi Sh.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Opel rusumli transport vositasini Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi 4 R 47-avtomobil yo‘lining 8-kilometrida Mingchinor—Bulung‘ur yo‘nalishida boshqarib kelayotgan vaqtda transport harakatini o‘zgartirib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan. Oqibatda yo‘lning ikkinchi tomonidan kelayotgan Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasida yashovchi K.B. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Ikkala avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Damas rusumli avtomashina haydovchisi K.B., yo‘lovchi M.P. va boshqalar jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Opel rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.A. avtomobilni hech bir hujjatlarsiz boshqarib kelgan.

Sodir bo‘lgan ushbu holat yuzasidan ayni paytda Bulung‘ur tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют