» » Rasman: “Barselona” yana bir transferni amalga oshirdi

Rasman: “Barselona” yana bir transferni amalga oshirdi


Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya “Eybar”dan “Barselona”ga qaytdi, deya xabar berdi Kataloniya klubi rasmiy sayti.

Kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchini qayta sotib olish variantidan foydalandi. Ma’lumot uchun, u “ko‘k-anorranglilar” akademiyasiga 2012-yilda kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kukurelya o‘tgan mavsumni “Eybar”da ijara asosida o‘tkazdi, keyinchalik esa klub uni 2 million yevroga sotib olgandi. Lekin “Barselona”da futbolchini 4 million yevroga qaytarib olish imkoniyati bor edi.

Kataloniya klubi Kukurelyani Jordi Albaga o‘rinbosar sifatida olib qolishi yoki boshqa klubga kattaroq mablag‘ga sotib yuborishi borasida qaror qabul qilishi kerak edi va klub o‘z qarorini futbolchini sotib olish bilan e’lon qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют