» » Turkiya muxolifati boshqa mamlakatlar bilan tinmay nizolashayotgan Erdo‘g‘onni tanqid qildi

Turkiya muxolifati boshqa mamlakatlar bilan tinmay nizolashayotgan Erdo‘g‘onni tanqid qildi


Turkiyaning asosiy muxolifatchi partiyasi — Xalq-respublikachilar partiyasi raisi Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni boshqa davlatlar sha’niga bildirgan nizoli fikrlari uchun tanqid qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Avvalroq, Erdog‘on Germaniya hamda Niderlandiyani fashizmni qayta tiklashda ayblagan edi. Bunga mazkur davlatlarda Turkiya hukumati a’zolarining mamlakatda 16-aprelda bo‘ladigan konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar masalasidagi referendum oldidan turk hamjamiyati vakillari oldida chiqish qilishini taqiqlagani sabab bo‘lgan edi.

Qarang, biz butun dunyo bilan nizolashib chiqdik — Yevropa, Eron, Rossiya… Hatto sayyohlar ham kelmay qo‘ydi. Turkiya yakka o‘zi qoldi. Nega biz bu kabi narsalarni gapiryapmiz, nega bu tildan foydalanyapmiz? Aytayotgan so‘zlarini nazorat qila olmagan kishi qanday qilib davlatni boshqarishi mumkin? Rossiya bilan yo‘q joydan nizolashib, keyin undan kechirim so‘radik. Buni kuzatib turish men uchun og‘ir. Hozir mojarolashish emas, fikr yuritish vaqtidir

Kamol, Qilichdoro‘g‘li, Turkiya Xalq-respublikachilar partiyasi raisi

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat Turkiyaning boshqa davlatlar bilan savdo aloqasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida yashaydigan turklarning hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют