» » Nyu-Yorkda Trampning farmonlaridan jabr ko‘rgan muhojirlarga yordam dasturi ishga tushiriladi

Nyu-Yorkda Trampning farmonlaridan jabr ko‘rgan muhojirlarga yordam dasturi ishga tushiriladi


Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo ma’muriyati AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat hududiga kirishni cheklash to‘g‘risidagi farmonlaridan jabr ko‘rgan muhojirlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishga tushirdi.

“Kommersant” xabariga ko‘ra, shtat mazkur tadbirlar uchun 182 ta yuridik tashkilotni jalb etgan bo‘lib, ularning faoliyatini Yangi amerikaliklar masalalari bo‘yicha boshqarma muvofiqlashtirib turadi.

Shtat rahbariyati bayonotiga ko‘ra, hozirda dasturga ko‘ngilli ravishda 200 ga yaqin huquqshunos qo‘shilgan. Ular orasida prokurorlar ham, advokatlar ham bor. Muhojirlar “o‘z huquqlari haqida to‘laroq ma’lumot olishlari, shuningdek, o‘z manfaatlarining nisbatan yaxshiroq himoya qilinishiga erishishlari” kutilmoqda.

Nyu-York shtati ma’muriyati dastur qiymatini 19,1 million dollarga baholagan bo‘lib, zarur mablag‘lar hududiy budjet va xususiy manbalardan jalb etiladi.

“Nyu-York — bu barcha uchun umid va imkoniyatlar orolidir, muhojirlar esa har doim bu buyuk shtatning bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. Hozirgi notinch zamonda o‘z huquqlaringni himoya qilish olish imkoniga ega bo‘lishing juda ham muhim”, — dedi shtat rahbari Endryu Kuomo.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют