» » Avstraliyada bolalar mashinani olib qochib, qariyb 1000 kilometr haydadi

Avstraliyada bolalar mashinani olib qochib, qariyb 1000 kilometr haydadi


Avstraliyaning Rokgempton shahrida 4 nafar bola sayohat qilish uchun mashinani olib qochdi. “Zakon.kz”ning yozishicha, politsiya ularni uyidan 930 kilometr uzoqlikda tutib olgan.

Politsiya ularni tutib olganida bolalar mashinadan tushishdan bosh tortib eshiklarini berkitib olgan. Shu sababli politsiya oynalarni sindirishga majbur bo‘lgan. Sayohatchilar 10—14 yoshlar atrofidagi uch nafar bola va bir qizdan iborat ekanligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bolalar yoqilg‘i kuyish uchun to‘xtagan va pulini to‘lamay ketib qolgan. Yoqilg‘i shoxobchasi ishchilarini, shuningdek haydovchining bo‘yi juda pastligi shubhalantirgan va ular politsiyaga xabar bergan.

Shu bilan birga, bolalardan birining ota-onasi xat topib olgan bo‘lib, unda mitti sayohatchi mashina, ozroq naqd pul va qarmoqni olib ketishi yozilgan. Bolalar ushlangan, ammo hibsga olinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют